TOSHKENT 

5 TASHABBUS HARAKATI

21-22-23-24-25-may kunlari poytaxt hokimligi tashkilotchiligi ostida Toshkent besh tashabbus harakati bo‘lib o‘tadi.

 

Kutilayotgan tadbir davlatimiz rahbarining besh tashabbus gʻoyasida aks etgan barcha sohalarni qamrab oladi.

 

Tashkent Voice Fest vokal ijrochilar tanlovi, Tashkent Dance Fest raqs tanlovi, mashhur “Zakovat” oʻyinining alohida turniri, futbol, basketbol, stol tennisi, armrestling, Street workout, skeyter va rollerlar uchun skeyt-park musobaqalari, sport ixlosmandlari uchun Laser Run musobaqasi, Ideathon Project Х, yosh IT-mutaxassislar uchun Tashkent Cyber Cup-2021 musobaqasi, turli trening va uchrashuvlar, ayollar netvorkingi haftaligi, Hand Made festivallar, namoyishlar va musiqiy kechalar – bularning barchasini Toshkent markazida yorqin dekoratsiyalar yordamida quriladigan maxsus yoshlar shaharchasida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

Tadbirga tashrif buyurish uchun roʻyxatdan oʻtish shart!